Moskva birjasida yevro kursi bir oydan buyon ilk marta pastladi 

Olam

image

Bugun, 30 mart kuni Moskva birjasidagi savdolar ochilishi chog‘ida yevro kursi joriy yilning 23 fevralidan beri birinchi marta 91 rubldan pastga tushdi.  

Moskva vaqti bilan soat 10:00 ga kelib, dollar kursi 82,54 rubl (-3,17 foiz) darajasida bo‘lgan. Yevro kursi 3,59 foizga pasayib, 90,73 rublni tashkil qilgan. Birja ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 10:18 da dollar o‘zining pasayishini 84,27 rublgacha (-1,14 foiz), yevro 93,8 rublgacha (-0,31 foiz) sekinlashtirgan. 

Rossiya aksiya bozori bugungi asosiy sessiyaning boshida yetakchi indekslarning o‘sishini ko‘rsatmoqda. Savdo maydonchasi ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 10:08 da Moskva birjasi indeksi 2,27 foizga o‘sib, 2463,06 punktni tashkil etgan, RTS indeksi 3,89 foizga o‘sgan va 915,88 punktga yetgan. 

Moskva vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra, Moskva birjasi indeksi 2437,92 punkt (+1,22 foiz) darajasida bo‘lgan. RTS dollar indeksi 2,19 foizga — 900,88 punktgacha o‘sgan. 

Savdo maydonchasining Moskva vaqti bilan 10:18 dagi ma’lumotlariga ko‘ra, RTS dollar indeksi 5,09 foizga oshib, 927,26 punkt atrofida. Moskva birjasining rubl indeksi 2482,78 punkt (+3,09 foiz) darajasida.


Maqola muallifi

Teglar

dollar evro

Baholaganlar

208

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing