Moskva ayblaydi, Kiyev rad etadi – dron hujumi bo‘yicha odatdagidek bayonotlar berildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Mudofaa vazirligi poytaxt Moskvaga bo‘lgan uchuvchisiz qurilmalar hujumida Ukrainani aybladi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, hujumda bevostia Kiyev rejimining qo‘li bor. O‘z navbatida Ukraina Prezidenti devonining maslahatchisi Mixail Podolyak mazkur ishga Ukrainaning aloqasi yo‘qligini bildirdi

“Bugun, 30 may kuni Kiyev rejimi Moskvadagi ob’ektlarga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida terakt uyushtirdi”, deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi xabarida.

Rossiya tomonining bildirishicha, shaharga sakkizta samolyot tipidagi dron hujum qilgan. Moskva viloyatida Pansir-S zenit-raketasi va qurol yordamida beshta dron urib tushirilgan, yana uchtasi elektron urush bilan bostirilgan, natijada ular nazoratni yo‘qotib, mo‘ljallangan nishonlardan og‘ishgan.

Ukraina telemarafonida mamlakat Prezidenti devonining maslahatchisi Mixail Podolyak Ukrainaning Moskvaga dron hujumlari bilan bevosita aloqasi yo‘qligini aytib o‘tdi.

“Hech shubhasiz, hujumlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqamiz yo‘q”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 may kuni Moskvada dron hujumi sodir bo‘ldi. Moskva meri Sergey Sobyanin hujum oqibatida bir nechta binolar zarar ko‘rganini aytdi. Keyinchalik Transport texnologiyalarini rivojlantirish markazi rahbari Aleksey Rogozin Moskvaga hujum qilish uchun “o‘rdak” (“utka”) aerodinamik tizimiga ega samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanilgani haqida ma’lumot berdi


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Kiev Mixail Podolyak Rossiya Mudofaa vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing