Moskva aeroportlarida 100 ga yaqin reyslar bekor qilindi
Olam
−
01 Sentyabr 2023 16146 1 daqiqa
Bugun, 1 sentyabr kuni Moskvaning uchta aeroportida 95 ta reys bekor qilindi va kechiktirildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Domodedovo aeroportida 51 samolyot reysi kechiktirilgan, 14 ta reys bekor qilingan. O‘z navbatida, Vnukovoda 16 ta reys qoldirilgan, 6 tasi bekor qilingan. Sheremetevoda esa 6 ta reys kechiktirilgan, 2 tasi bekor qilingan. Jukovskiyda jadvaldagi buzilishlar haqida ma’lumot yo‘q.
Yuqoridagi cheklovlarga Moskvaga qilingan dron hujumi sabab bo‘lgan. Shahar meri Sergey Sobyanin havo hujumidan mudofaa kuchlari poytaxtga yaqinlashayotgan uchuvchisiz samolyotni yo‘q qilganini aytgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr