Moskva aeroportida 200 ga yaqin o‘zbekistonlik reysdan qolib ketdi. TIV munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha 180 dan ortiq odamlarga chiptalar sotilgani, lekin reys yo‘qligi, uning ustiga chipta pullari qaytarib berilmayotgani aytilgan video tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 7-8 yanvar kunlari Rossiyaning “Royal Flight” aviakompaniyasiga qarashli Moskva-Samarqand yo‘nalishidagi reys bekor bo‘lishi sababli Moskva shahrining “Vnukovo” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘plangan. Xayriya tashkilotlari ko‘magida “Vnukovo” aeroportidagi vatandoshlar issiq ovqat va gigiyena vositalari bilan ta’minlangan.

O‘zbekistonning Moskvadagi Elchixonasining tezkor chora-tadbirlari natijasida, bekor bo‘lgan reysning barcha yo‘lovchilari (180 kishi) “Azur Air”  aviakompaniyasining (Rossiya) navbatdan tashqari reysi bilan 2021 yil 9 yanvar kuni soat 00:05 da O‘zbekiston Respublikasiga qaytarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

421

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing