Moskva aholisiga qat’iy ogohlantirish berildi
Olam
−
29 Sentabr 2020
14086Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, Moskvada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat kun sayin qiyinlashmoqda
"Moskvada koronavirus kasallari soni va shifoxonaga yotqizish bo‘yicha holatlar kundan-kunga murakkablashib boryapti. Biz 65 yoshdan kattalarga uyda bo‘lishlari va masofa saqlashlari bo‘yicha qat’iy tavsiyalar berdik", degan Sobyanin.
Moskva metropolitenidagi vaziyat shuni ko‘rsatdiki, keksa kishilarning aksariyati shahar bo‘ylab harakatlanishda davom etmoqda. Shahar meri bu juda xavfli bo‘lishi mumkinligini aytib, yana bir bor shahar aholisini ogohlantirdi.
Ayni vaqtda Rossiya poytaxtida koronavirusdan vafot etganlar soni 5 mingdan oshib ketgan.
Ma’lumot uchun, COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri dunyoda koronavirus asoratlari bilan vafot etganlar soni 1 milliondan oshgan.
LiveBarchasi