Moped, skuter va 103 mashinalari uchun alohida davlat raqamlari joriy etilmoqda
Jamiyat
−
19 iyul
5672O‘zbekistonda tez tibbiy yordam avtomobillari, elektromototsikl, moped va skuter uchun alohida davlat raqam belgilari joriy etiladi. Bu haqda joriy yilning 17 iyul kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorida keltirilgan.
Qarorga ko‘ra:
- Yo‘l harakati qoidalariga elektromototsikl, skuter va individual harakatlanish vositalarida harakatlanish tartibini, ularning tushunchalarini hamda ushbu transport vositalari bilan bog‘liq yo‘l belgilari kiritiladi;
- elektromototsikl, moped va skuterlarni boshqarish uchun yosh chegarasini hamda haydovchilik guvohnomasini olish tartibi belgilanadi;
- avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha ulardan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan amaliy imtihonlar olish tashkil etiladi;
- tez tibbiy yordam avtomobillari hamda elektromototsikl, moped va skuterlar uchun alohida farqlovchi davlat raqam belgilari joriy etiladi.
Raqamlarni berishda ba’zi o‘zgarishlar kiritilmoqda. Agar XIE tipidagi raqam (yashil fonda hudud kodi bilan ikki qatorli belgi) ilgari mototsikllar, skuterlar va elektr skuterlar uchun chiqarilgan bo‘lsa, endi u elektromototsikllar uchun beriladi. elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan ortiq, biroq 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch (to‘rt) g‘ildirakli bo‘lgan kvadrotsikl (kvadrotsikl), tritsikl hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishiga moslashtirilgan boshqa transport vositalari skuterlarga tenglashtirildi. Skuterda harakatlanayotgan haydovchi hamda yo‘lovchilar maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda avtomobil raqamlari endilikda tasodifiy tanlash yo‘li bilan berilishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi