Moody’s O‘zbekistonning kredit reytingini bir pog‘onaga ko‘tardi
Jamiyat
−
25 iyun 1487 1 daqiqa
Moody’s xalqaro agentligi O‘zbekistonning kredit reytingini bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarib, “barqaror” prognozi bilan “Ba2” darajasida belgiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
Saida Mirziyoyeva bu Prezident rahbarligida mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash borasida olib borilayotgan tizimli harakatlar natijasi ekanini qayd etgan.
“Mazkur ko‘rsatkich amalda nimani anglatadi? Bu – yanada qulay shartlardagi investitsiyalar, arzon moliyaviy resurslar, yangi korxonalar hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari demak”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.
Shuningdek, u oldinda hali qilinadigan ishlar ko‘p ekanini bildirgan.
“Bosh maqsadimiz O‘zbekiston fuqarolari uchun munosib kelajakni ta’minlovchi kuchli, ochiq hamda raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etishdir”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga yaxshilagan edi.
Live
Barchasi