Monopolligiga qaramay, “UzAuto Motors“ boshqa ishlab chiqaruvchilardan ortda – Fitch Ratings
Jamiyat
−
24 mart 2021
34571Fitch Ratings birinchi marotaba “UzAuto Motors“ga uzoq muddatli “B+“ darajasida “Barqaror“ reytingini berdi. Bu haqda agentlikning press-relizida qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, kompaniyaning ishbilarmonlik darajasi boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilarnikiga qaraganda zaifroq, asosan tor doirada va sotuvlar bir mamlakat bozoriga yo‘naltirilgan. Shuningdek, kuchli brendning yo‘qligi ham unga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, bu esa raqobatbardoshlikni cheklaydi.
“UzAuto Motors“ kompaniyasining amaliy faoliyati texnologiya va Amerika konsernining nou-xaulari bilan ta’minlovchi GM bilan amaldagi uzoq muddatli litsenziyalash shartnomasiga to‘liq bog‘liq“, deyiladi reyting hujjatida.
Agentlikning qayd etishicha, birinchi navbatda, O‘zbekiston bozoriga e’tibor kompaniyaning geografik diversifikatsiyasini keskin cheklaydi, chunki mamlakatda sotuvlar beqaror.
Bu qisman eksport bilan qoplanadi, ammo so‘nggi ikki yil ichida uning umumiy hajmdagi ulushi taxminan 5 foizgacha kamaydi. Fitch “UzAuto Motors“ning 2023 yilgacha eksport hajmini 16 foizgacha oshirish niyatini ijobiy baholagan, chunki bu “ikki oyoqni bir etikka tiqmaslik“ imkonini beradi.
Shuningdek, tahlilchilarga ko‘ra, bozorning rejalashtirilgan liberalizatsiyasi savdolar va kompaniya daromadiga ta’sir qilishi mumkin, “UzAuto Motors“ning o‘zi esa dollarda sotib olib, so‘mda sotgani uchun valyuta xatariga duch kelgan.
Fitch ma’lumotlarga ko‘ra, operatsion xarajatlarning 60 foizga yaqini xorij valyutasi hisobiga to‘g‘ri keladi. Hisob-kitoblarga shuni ko‘rsatadiki, narxlarning ko‘tarilishiga valyuta kursi yo‘qotishlari ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, kompaniyaning ishbilarmonligi boshqa global avtomobil ishlab chiqaruvchilarnikiga qaraganda zaifroq hisoblanadi. Jumladan GM, “Ford Motors Company“ (BB+/ salbiy), “Renault“ (BB/salbiy) va “Jaguar Land Rover Automotive“ (B/salbiy).
Kompaniyani Fitch reytingidagi muqobil raqobatchilari bilan to‘liq taqqoslab bo‘lmaydi, chunki ishlab chiqarilayotgan modellar brendi va ularga bog‘liq texnologik tajriba “UzAuto Motors“da yo‘q. Bundan tashqari, ichki bozorda monopol ekanligiga qaramay, “UzAuto Motors“ boshqa muqobillaridan ancha kichik ko‘lamga ega.
Shu bilan birga, tahlilchilarning tasdiqlashicha, boshqa ishlab chiqaruvchilardan farqli o‘laroq kompaniya pandemiyadan deyarli zarar ko‘rmagan, 2020 yilda so‘mning qadrsizlanishi fonida dollar ko‘rinishidagi daromad kamaygan bo‘lsada, savdolar hajmi 5 foizga oshgan.
LiveBarchasi