Moliya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Timur Ishmetov O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Timur Ishmetov 1979 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutining “Moliya va kredit” fakulteti, 2005 yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yo‘nalishida magistratura bosqichini, 2007 yilda - Toshkent yuridik universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 2017 yil apreligacha turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi. Jumladan, turli vaqtlarda MBning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar va Valyuta boshqaruvi va nazorati departamentiga rahbarlik qildi.

Timur Ishmetov moliya vazirining o‘rinbosari bo‘lganga qadar 2017 yilning 7 iyunidan buyon Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Moliya vazirining avvalgi birinchi o‘rinbosari Ahadbek Haydarov Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Moliya vazirligi Timur Ishmetov

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made