Moliya institutiga yangi rektor tayinlandi

Jamiyat

image

Sultonali Umaraliyevich Mehmonov Toshkent Moliya instituti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Moliya instituti rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, u bugungacha prorektor lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sultonali Mehmonov 1974 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Mehmonov 1996-2006 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida rektor yordamchisi, kafedra assistenti, dotsenti, bosh xisobchi, fakultet dekani o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2006-2017 yillarda Toshkent moliya institutida kafedra dotsenti, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

U 2017-2018 yillarda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori o‘rinbosari (o‘rindoshlik asosida Toshkent moliya instituti kafedra professori) lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2018-2019 yillarda Toshkent moliya instituti kafedra professori lavozimida ishlagan.

2019 yil oktyabridan buyon Toshkent moliya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Moliya institutining sobiq rahbari Ulug‘bek Azizov boshqa ishga o‘tkazilgani aytilmoqda. Ammo u tafsilotlari hozircha noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Moliya instituti

Baholaganlar

213

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar