Moliya institutida o‘qish koronavirus sabab onlayn shaklga o‘tkazildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent moliya institutida o‘quv jarayoni 2021 yil 26 martdan 8 aprelga qadar (14 kun) bosqichma-bosqich masofaviy shaklda tashkil etiladi. Bu haqda institut Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, institutda o‘quv jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish bo‘yicha barcha sharoitlar yaratilganligini inobatga olib, darslar fakultetlarga o‘rnatilgan Wi-Fi qurilmalari hamda yuqori tezlikdagi internetga ulangan kompyuter xonalaridan foydalangan holda, ZOOM videoaloqa dasturi orqali, dars jadvalida belgilangan vaqtlarda o‘tilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, barcha talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish HEMIS elektron ta’lim platformasiga kiritilganligini inobatga olib, fanlar bo‘yicha kontentlar va topshiriqlarni tizimga kiritish va o‘quv jarayoni natijalarini rasmiylashtirish ushbu axborot tizimida qayd etib boriladi. 

Ikki hafta muddatli masofaviy ta’lim talabalar uchun belgilanmoqda. Barcha xodimlar, professor-o‘qituvchilar karantin qoidalariga rioya etgan holda o‘z vazifalarini bajaradi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Inha universiteti 23 martdan ikki hafta muddatga karantinga yopilgandi. Bunga bir nafar talabada koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing