Moldova Putinni qora ro‘yxatga kiritdi
Olam
−
28 aprel 2023
6481Moldova Bosh vaziri Dorin Rechan mamlakatga kirishi taqiqlangan rossiyaliklar ro‘yxati tasdiqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu ro‘yxatga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, Ukrainaga nisbatan bosqinni targ‘ib qiluvchi va uni qo‘llab-quvvatlovchi mamlakat rasmiylari va san’atkorlari kiritilgan. Bundan tashqari, unda o‘tgan yilning oktyabr oyida Moldova ichki ishlariga aralashgani uchun AQSH sanksiyalari ostida qolgan biznesmen Igor Chayki va Filipp Kirkorovning ismlari ham qayd etilgan.
“Bu ommaviy ro‘yxat emas, bizning tegishli organlarimizda bu bor. Ro‘yxatga kiritilganlar mamlakatga kirish taqiqlanganligini bilib olishadi. Vladimir Putin ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan”, degan Dorin Rechan TV8 telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning oktyabr oyida Moldova mamlakat hududiga Ukrainaga uchirilgan raketalardan birining parchasi tushishi bilan bog‘liq holat bo‘yicha Rossiya diplomatini persona non grata deb e’lon qilgandi. Bunga javoban Rossiya ham moldovalik diplomatni mamlakat hududidan chiqarib yuborgan.
LiveBarchasi