Mol-mulk solig‘i oshyapti

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2024 yilning 1 yanvaridan boshlab, mol-mulk solig‘i to‘lovlari oshirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bildirilishicha, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining asosiy stavkasini (1,5 foiz) saqlab qolgan holda, soliq bazasini aniqlashda 1 kv.m uchun o‘rnatilgan minimal qiymat indeksatsiya qilinmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahri uchun – 3 mln so‘m (amalda 2,5 mln so‘m), Nukus shahri va viloyat markazlari uchun – 2 mln so‘m (amalda 1,5 mln so‘m), boshqa shaharlar va qishloq joylar uchun – 1,2 mln so‘m (amalda 1 mln so‘m) qilib belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Prezidentning tegishli qarori bilan O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘iga hisoblangan penya summalari hisobdan chiqarilishi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston mol-mulk solig'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing