Moskva Erdo‘g‘anning Putinni Asad bilan uchrashtirish g‘oyasidan xursand
Olam
−
16 dekabr 2022
5641Moskva Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Rossiya-Suriya-Turkiya sammitini o‘tkazish g‘oyasini ijobiy baholaydi. Bu haqda Rossiya Prezidentining Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha vakili, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov so‘z ochdi.
“Ijobiy”, deydi u bugun, 16 dekabr kuni jurnalistlarning Rossiya tomoni Turkiya rahbari tashabbusini qanday baholashi haqidagi savoliga javob berar ekan.
Bogdanov Rossiya tomoni Damashq bilan bunday uchrashuvni tashkil etish bo‘yicha aloqalar olib borayotganini aytdi.
“Biz qo‘shni suveren davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yish masalalarini doimo olqishlaymiz, bu barcha darajalarda bir necha bor muhokama qilingan”, deydi u.
Avvalroq Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Suriya Prezidenti Bashar al-Asad ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishni taklif qilganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi