MOQda Nurmuhamedov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda

Sport

Biroz avval, rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmuhamedov bugun, 1 dekabr kuni O‘zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida Habib Nurmuhamedov ishtirokida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. 

Habib Nurmuhamedovni tashkilot ostonasida MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, vitse-prezident Saken Polatov, Bosh kotib Oybek Qosimov kutib olgan. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi va triatlon federatsiyasi raisi o‘rinbosari Otabek Umarov ham ishtirok etmoqda. 

Nurmuhamedov MOQ muzeyi bilan tanishtirilgan. U faxriy mehmonlar kitobiga dasxat qoldirdi. 

Matbuot anjumani davom etmoqda.Zalga mikrofon o‘rnatilmagani bois Habib Nurmuhamedovning savollarga berayotgan javoblarini eshitishning imkoni bo‘lmayapti. 


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing