Madinadagi YTH jabrlanuvchilari orasida o‘zbekistonliklar bormi?
Jamiyat
−
19 Oktabr 2019
6051Avvalroq, Saudiya Arabistonida ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashishi natijasida 36 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumotlarga ko‘ra Madina okrugining Al-Ahal tumanida 39 nafar yo‘lovchisi bor avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Avtobus og‘ir yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida politsiya ma’lumotiga ko‘ra 35 kishi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra 36 kishi vafot etdi, 4 nafar yo‘lovchi jarohat oldi va shifoxonaga yotqizilgan. Saudiya Arabistoni tegishli organlari va Qizil yarim oy boshqarmasining vakillari hodisa sabablari yuzasidan tekshiruvlarni boshladi.
Vafot etganlvr Saudiya Arabistonida yashovchi Osiyo va arab mamlakatlaridan kelgan ekspatriantlar ekani xabar qilindi.
Tashqi ishlar vazirlining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalariga mazkur hodisa oqibatida vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
LiveBarchasi