Modi Rossiyaga borishi kutilmoqda

Olam

image

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 8-9 iyul kunlari Rossiyaga borishi kutilmoqda. Bu haqda Hindiston parlamentining yangi tarkibiga yaqin manbaga tayanib, TASS xabar berdi.

“Mening ma’lumotlarimga ko‘ra, tashrif 8-9 iyul kunlari bo‘lishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, ammo bu sanalar o‘zgarishi mumkin”, deydi agentlik suhbatdoshi.

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Modining Rossiya Federatsiyasiga safariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytgan. Biroq, u aniq sanalarni ochiqlamagan.

“Modi 8 iyul kuni Hindiston-Rossiya aloqalarini mustahkamlash maqsadida Rossiyaga tashrif buyuradi”, deya xabar bermoqda “The Tribune”.

Nashrning ta’kidlashicha, bu safar Modi uchinchi muddatga hukumatga rahbarlik qilganidan ko‘p o‘tmay, shuningdek, 2024 yil martida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qayta saylanganidan so‘ng amalga oshishi bilan ahamiyatlidir. Gazetaning eslatishicha, Modi Rossiyada oxirgi marta 2019 yilda borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Narendra Modi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing