Mobiwin 2.0 finalida 700 million so‘m o‘ynaldi

Biznes

image

Besh nafar finalchi – Mobiuz abonentlaridan biri 500 million so‘m, qolganlari esa 50 million so‘mdan yutib oldi.

2026 yil 13 martdan 31 maygacha bo‘lib o‘tgan keng ko‘lamli Mobiwin 2.0 aksiyasi Mobiuz abonentlariga har hafta 5 million so‘m ishlab olish imkoniyatini taqdim etdi. Buning uchun mobil ilova foydalanuvchilari kunlik faollik uchun ballar to‘plashdi: ilovaga kirish, xizmatlar uchun to‘lov, internet-to‘plamlarni ulash va do‘stlarni taklif qilish.

Aksiya o‘tkazilgan ikki yarim oy davomida eng ko‘p ball to‘plagan 5 nafar finalchi finalda uchrashdi. Aksiyaning asosiy g‘olibi ijtimoiy tarmoqlarda Mobiuzning rasmiy saxifalarida onlayn efirida aniqlandi.

Finalchilar uchun topshiriq bitta edi: maxsus qizil tugmani roppa-rosa 10 soniya yoki shu vaqtga iloji boricha yaqinroq bosib turish va qo‘yib yuborish. Soatsiz, yo‘l-yo‘riqsiz, faqat vaqtni ichki his qilish orqali. Barcha santisekundlar (sekundning yuzdan bir qismi) hal qilindi.

Natijada, finalchilar orasida eng aniq harakat qilgan andijonlik Murodjon A. g‘olib bo‘ldi. U 500 mln so‘m yutib oldi.

50 mln so‘mdan sovrindorlar: Samarqand viloyatidan Rasul I., Shahlo B., Mansur I. va Qashqadaryo viloyatidan Sohiba E.
MobiWin 2.0 finalining to‘liq yozuvini Mobiuz’ning Instagramdagi rasmiy sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing