Mobiuz “Mazali Yangi yil” aksiyasi g‘olibasi orzusini ro‘yobga chiqardi
Biznes
−
10:14 798 2 daqiqa
Namangan viloyatidan bo‘lgan Muxlisa Salimjonova shou-biznes yulduzi Shohruhxon bilan uchrashdi va kutilmagan sovg‘alarni qo‘lga kiritdi.
Mobiuz abonentlariga yorqin taassurotlar ulashishni davom ettirmoqda. Bu safar "Mazali Yangi yil" aksiyasida Shohruxxon bilan birgalikda kechki ovqat qilish imkoniyati o‘ynaldi. Bonus sifatida g‘olib bu uchrashuvga yana bir kishini taklif qilishi mumkin edi.
-Qalampir(1).jpg)
Mobiuzning onlayn efirda o‘tkazilgan aksiyasida tasodifiy g‘olib Namangan viloyatidan Muxlisa Salimjonova bo‘ldi. Qiz Mobiuzning "Mazali Yangi yil" aksiyasi bosh sovrinini yutganini bilgach, quvonchga to‘lib-toshdi hamda yulduz bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kuta boshladi.
Birgalikdagi kechki ovqat Toshkentdagi mashhur Palov muzeyining samimiy muhitida o‘tkazildi. Ovqatlanish chog‘ida Muxlisa o‘z kumiri bilan suhbatlashdi, taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va shunchaki o‘zi orzu qilgan lahzalardan zavq oldi.
-Qalampir.jpg)
Biroq syurprizlar shu bilan tugamadi. Shohruxxon g‘olibaga maxsus sovg‘a - Mobiuzdan iPhone smartfonini shaxsan topshirdi va 2026 yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan konsertiga taklif etdi.
"Men hali ham bu voqea haqiqatda sodir bo‘lganiga ishonolmayapman!" - deb his-tuyg‘ularini baham ko‘rmoqda Muxlisa. - "20 dekabrda Mobiuz abonenti bo‘ldim, yanvarda esa men bilan onlayn efirda bog‘lanib, yutuq qo‘lga kiritganimni aytishdi. Shuncha yillardan beri Shohruxxonning qo‘shiqlarini tinglayman, konsertlariga boraman, lekin hech qachon shunday bemalol ro‘parasida o‘tirib suhbatlasha olishimni o‘ylamagandim! Smartfon va konsertga taklifnoma esa kutilmagan sovg‘a bo‘ldi! Mobiuzga hayotimdagi bu sehrli kun uchun katta rahmat!"
Mobiuz kompaniyasi muntazam ravishda o‘z abonentlari uchun aksiyalar va yutuqli o‘yinlar o‘tkazib, nafaqat sovg‘alar, balki yorqin taassurotlar va unutilmas hissiyotlarni taqdim etmoqda.
Muxlisaning hikoyasi tasodif emas, balki har bir Mobiuz abonenti uchun haqiqiy imkoniyatdir. Operator jamoasi allaqachon yangi ulkan sovrinli aksiyalarni tayyorlamoqda!
Yangiliklarni www.mobi.uz rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlar va Mobiuz mobil ilovasida kuzatib boring.
Live
Barchasi