Mobiuz barchaga “Mazali Yangi yil” tilamoqda

Biznes

image

Mobiuz mobil aloqa operatori barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutlamoqda va "Mazali Yangi yil" maxsus taklifidan foydalanishga taklif qilmoqda!

Doimiy rivojlanish va mijozlarga e’tibor qaratish falsafasiga sodiq qolgan holda, Mobiuz barcha o‘zbekistonliklar uchun maxsus sovg‘a taqdim etmoqda.

"Mazali Yangi yil" aksiyasi o‘z ichiga eksklyuziv tarif rejasini, shou-biznes yulduzi bilan unutilmas kechki ovqatlanishni yutib olish imkoniyatini, hamda cheksiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qamrab oladi.

2026 yil 5 yanvargacha bo‘lgan muddatda cheksiz muloqot va sifatli internetni qadrlaydigan insonlar uchun yaratilgan "Mazza Yangi yil" tarif rejasiga ulanish imkoniyati mavjud. Oylik abonent to‘lovi 60 ming so‘m bo‘lgan ushbu tarifda abonentlar quyidagilardan bahramand bo‘ladilar:

  • 100 GB internet ish, o‘qish va hordiq chiqarish uchun;
  • Cheklovlarsiz ishlatiladigan cheksiz internet;
  • Yaqinlar bilan doimiy aloqada bo‘lish uchun O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar;
  • MobiMusic musiqiy xizmatiga bepul obuna;
  • Unlim Mix xizmatidan 30 kun davomida bepul foydalanish;
  • 3000 ta SMS-xabar.

"Mazza Yangi Yil" tarif rejasiga ulangan barcha abonentlar avtomatik ravishda o‘zbek shou-biznesi yulduzi Shohruxxon bilan kechki ovqatlanishni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mamlakatning eng sevimli san’atkorlaridan biri bilan unutilmas uchrashuv o‘tkazish uchun noyob imkoniyatni Mobiuz’ning amaldagi abonentlari ham qo‘lga kiritishi mumkin. Buning uchun Mobiuz mobil ilovasi orqali o‘zingizning yoki boshqa Mobiuz abonentining raqami balansini to‘ldirish kifoya - har 30 000 so‘m g‘alaba qozonish uchun bir imkoniyat beradi. Ushbu taklif ham faqat 5 yanvargacha amal qiladi.

Va nihoyat, "Mazali Yangi yil" aksiyasi barcha abonentlar uchun "Unlim Mix" xizmatini taqdim etadi. U YouTube, Telegram, Instagram, Facebook, Facebook Messenger kabi eng mashhur platformalardan cheksiz foydalanish imkoniyatini beradi. Xizmatni jismoniy shaxslar uchun istalgan tarif rejasida oyiga 35 ming so‘mga ulatish mumkin.

"Mazali Yangi yil" aksiyasi haqidagi batafsil ma’lumotni 2026.mobi.uz saytidan olishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Mobiuz Mazali Yangi yil maxsus taklif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing