MMA bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. O‘zbekiston Qirg‘izistonni mag‘lub etdi

Sport

image

Joriy yilning 24 avgust kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. “Gazprom” sport majmuasida tashkil etilgan mazkur kichik turnirda Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston MMA ustalari o‘zaro bahs olib bordi.

10 ta vazn toifasida tashkil etilgan bellashuvlarning barchasida o‘zbekistonlik sportchilar g‘alaba qozondi:

  • 52 kg – Humoyun Zokirov;
  • 57 kg – Behruz Isroilov;
  • 61 kg – Husniddin Sattorov;
  • 66 kg – Shukurjon Rustamov;
  • 70 kg – Behruz Akbarov;
  • 77 kg – Munis Mo‘minjonov;
  • 84 kg – Islom Boltayev;
  • 93 kg – Ilyos Komilov;
  • 120 kg – Fayzullo Mahammatov;
  • +120 kg – Ixtiyor Xolmurodov.

O‘rtoqlik uchrashuvi doirasidagi janglarni Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi (IMMAF) prezidenti Kerrit Braun, Qirg‘iziston Respublikasi Chuy viloyati gubernatori hamda Qirg‘iziston MMA federatsiyasi prezidenti E.Tentishev, O‘zbekiston aralash jang san’atlari federatsiyasi raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov kuzatib bordi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro yakkakurashlar federatsiyasi rahbari Kerrit Braun 2028 yildagi Yozgi Olimpiada o‘yinlariga MMA ko‘rgazmali sport turi sifatida kiritilishini aytib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

MMA O'zbekiston MMA federatsiyasi Qirg'iziston MMA IMMAF

Baholaganlar

278

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing