MXX sobiq rahbari uyidan o‘lik holda topildi
Olam
−
17 yanvar 2020 52098 1 daqiqa
Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati sobiq direktori Georgiy Kutoyanning jasadi Yerevandagi kvartirasidan o‘qotar qurol jarohatlari bilan topildi. Bu haqda Armaniston Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.
“Sevak ko‘chasidagi kvartiralardan birida sobiq MXX rahbari Georgiy Kutoyanning jasadi o‘qotar qurol jarohati bilan topildi. Voqea joyida Tergov qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Artur Melikyan boshliq guruh tekshiruv o‘tkazyapti”, deb ta’kidlangan tashkilot xabarida.
Ma’lumot uchun, Georgiy Kutoyan 2019 yilning may oyida Milliy xavfsizlik xizmati rahbari lavozimidan olingandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr