MJ Developers: Bugungi kundagi kompaniyaning yo‘li
Biznes
−
14 dekabr 2021
5898Murari Lal Jalan, MJ Developers raisi
MJ Developers kompaniyasi raisi Murari Lal Jalan O‘zbekistonda bir necha yillardan beri yashab kelmoqda va u hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga ishongan holda Prezident Shavkat Mirziyoyev haqiqatan ham jahon miqyosidagi yetakchi ekanini ta’kidlab, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘zbekistonning jadal iqtisodiy rivojlanishi va yuksalishi, xalqaro maydondagi nufuzi va ahamiyatini mustahkamlash, har tomonlama ravnaq topishini Prezident Shavkat Mirziyoyevning faol pozitsiyasi va uzoqni ko‘ra bilishi, mohir va dono rahbarligisiz amalga oshirib bo‘lmas edi.
2018 yilning 28 sentyabr kuni MJ Developers O‘zbekiston hukumati bilan 100 million dollarlik sarmoya shartnomasini imzoladi. 2019 yilda o‘zaro mahsulot aylanmasi 329,6 million dollarni tashkil qildi.
MJ Developers boshqa xorijiy sarmoyadorlarni ortda qoldirib, O‘zbekistonga anchagina katta mablag‘ kiritdi va hozirda O‘zbekistonda infrastrukturani rivojlantirish ustida ishlamoqda.
Namanganda faoliyatimizni boshlaganimizga ikki yil, Minerva City loyihasi boshlanganimizga esa bir yil bo‘ldi. Biz O‘zbekistondagi 4 ta yirik loyihaga katta miqdorda sarmoya kiritdik va faoliyatimiz davomidagi ayrim voqealarni siz bilan baham ko‘rish vaqti keldi, deb hisoblaymiz.
Poytaxtning biznes tumanidagi kichik loyihani amalga oshirish o‘rniga, nega yirik loyihalarga sarmoya kiritishga qaror qilganimiz haqida bir necha asosiy fikrlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
Odatda, har bir kishi boshqa mamlakatga kelganida yangi narsalarni sinab ko‘rishni xohlaydi, ammo bizning qarashimiz biroz boshqacha edi. Nafaqat loyiha ishlab chiqish, balki mahalliy va xalqaro bozor e’tiborini tortadigan loyiha yaratish. Agar siz xorijiy sarmoyadorlar e’tiborini jalb qilmoqchi bo‘lsangiz, konsepsiya va dizayn nuqtai nazaridan yangilik kiriting. Bu xalqaro bozorda qadrlanadi.
Shuningdek, loyihamiz ko‘lami mahalliy aholi uchun ish o‘rinlari yaratish, O‘zbekiston bozoriga turli texnologiyalarni joriy etish imkonini berdi.
Dubaydagi development — klassik misol. Shahar qiyofasi bir necha yillar davomida shakllanib kelmoqda, bugungi kunda u dunyodagi eng taniqli shaharlardan biridir. Bunday miqyosdagi loyihalar katta vaqt va resurslarni talab qilishini yashirmaymiz. Maqsadimiz — loyihamizni o‘z muddatida va hatto undan oldinroq ham yakunlash.
Ayni damda Toshkentda aholi turmush tarzi ehtiyojlarini qanoatlantirish bo‘yicha yetarli qulayliklar mavjud emas, ko‘ngilochar soha kam rivojlangan. Loyihamizni yaratishda yangi yondashuvdan foydalanamiz va jahon darajasidagi turmush tarzi uchun kerak bo‘lgan barchasini birlashtirishga intilamiz.
Bizning uzoqni ko‘zlagan rejalarimiz bor va yana kimdir bu kabi orzular qilishga jur’at eta olmasa kerak. Qurilish ko‘lami kichik shaharlar qurilishi bilan barobar. Biz boshqa ishlab chiquvchilarga nisbatan farqli yo‘ldan borishni va mamlakatga "nou-xau" va sifatli, o‘zgacha texnologiyalarni olib kelishni xohladik, shuning uchun dastlabki bosqichda biz loyihamiz qarashlarini tushunish va unga amal qilish uchun ma’lum bir sur’atni oldik. Biz texnologiyaga millionlab dollar sarmoya kiritgan birinchi kompaniyalardanmiz va bugungi kunga kelib Koreyaning S-form texnologiyasidan foydalanayotgan yagona tashkilotmiz. Albatta, bu arzon texnologiya emas, lekin bu tezlik va sifatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Biznesda biz asosiy tamoyilga amal qilamiz – ko‘proq harakat, kamroq so‘z. Agar niyatingiz to‘g‘ri bo‘lsa, biznes bilan shug‘ullanayotgan vaqtingizda duch kelishingiz mumkin bo‘lgan negativ va safsata sizni tashvishga solmaydi. Biz ba’zi bosqichlarda erisha olgan progress salbiy lahzalar — mish-mishlar yoki kompaniya nufuziga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan qora piarlar bilan bog‘lanishi mumkin, ammo, keling, faktlar bilan gapiraylik.
Biz 4 ta loyihadagi yutuqlarimizni baham ko‘rmoqchimiz:
Mehmonxona loyihasi
• 5 yulduzli mehmonxona - Hyatt Regency, Buxoro.
Buxoro shahridagi 223 nomerga ega birinchi 5 yulduzli mehmonxona va Hyatt brendidan ikkinchi 5 yulduzli mehmonxona uchun karkas ishlari va ichki pardozlash ishlari yakunlandi.
Aqlli shahar loyihalari
• Namangan shahridagi Namangan Square (18 gektar).
9 ta bino qurilish jarayonida, ulardan 3 tasini yaqin oylarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan, infrastruktura parallel ravishda rivojlantirilmoqda.
• Toshkent shahridagi Minerva City (100 gektar).
Minerva City deyarli 15 000 m. kv.ni tashkil etadi. Clubhouse — nufuzli turar joy majmuasining funksional qismi.
Sektor A
20 ta minoradan 10 tasidagi qurilish ishlari uy-joylar foydalanishga topshirilganda aholining chakana savdosini ta’minlash va ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladigan savdo maydonlari qurilishi bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirilmoqda. Minoralar qurilishning turli bosqichlarida va ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda – ishonchimiz komilki, "A" sektoridagi mijozlarimizga ma’lum muddat berilgandan so‘ng, o‘z majburiyatlarimizni, albatta, bajaramiz. Albatta, turli bloklarning barpo etilishi turli muddatga ega, jumladan, infrastrukturani rivojlantirish, yo‘llar, avtoturargohlar, lanshaft dizayni va boshqalar.
• Toshkentdagi Lake City (100 gektar).
Lake City mamlakatning ushbu qismida joylashgan birinchi sun’iy ko‘ldir. Ko‘l bo‘ylab savdo markazi, yo‘llar, ko‘priklar qurish ishlari olib borilmoqda. Sotuv yaqin fursatda e’lon qilinadi.
Biz yirik loyihalar uzoq muddatli sarmoyalarni talab qilishini tushunamiz va uni o‘z vaqtida yoki undan oldinroq ham amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelgan barchasini qilamiz. Buning uchun biz o‘z sohasining professionallari bilan hamkorlik qilamiz, barcha mumkin bo‘lgan xavflarni hisoblaymiz va chizmalar bosqichidayoq hammasini puxta o‘ylaymiz.
Dunyo bo‘ylab tijorat va ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan milliarder janob Jalan o‘zining tarixiy vatani haqida ham unutmaydi. Yaqinda Hindiston jamoatchiligi Jet Airways kompaniyasini Murari Lal Jalan tomonidan sotib olingani haqidagi yangilikdan xabardor bo‘ldi, bu kompaniyani bankrotlik va tugatishdan qutqardi.
Jet Airways – Hindistonning eng qadimgi xususiy va butun dunyo bo‘ylab tan olingan aviakompaniyalaridan biri. Uning sarmoya portfeliga Jet Airways funksiyasining qo‘shilishi janob Jalan uchun chinakam ajoyib yutuqdir. U, shuningdek, O‘zbekistonda turli sohalarda, jumladan, tog‘-kon sanoati, aviatsiya va moliya sohalarida ham faoliyat yuritishni istaydi.
Murari Lal Jalan hindistonlik bo‘lishiga qaramay, BAAda yashaydi, uning qalbi esa O‘zbekistonda. Butun dunyo bo‘ylab jamiyat hayotini yaxshilashga e’tibor qaratayotganligi va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘z biznesiga ega bo‘lganligi sababli - Jalan janoblarini hech shubhasiz, dunyo fuqarosi, deyish mumkin.
Manzil: Clubhouse, Minerva City
Toshkent, Yangihayot tumani, O‘zgarish qo‘rg‘oni, Alisher Navoiy massivi
Bog‘lanish uchun telefon: 1145
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Telegram bot
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi