MIB xodimiga tajovuz qilindi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2019
4373O‘zbekison Respublikasi Bosh prokuraturasi Majburiy ijro byurosining xodimlari o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda fuqaro tomonidan tahdid qilingani bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unda qayd etilishicha, joriy yilning 13 sentyabr kuni soat 10:00 larda MIB Paxtachi tuman bo‘limi xodimlari Xunarmand mahallasida joylashgan xususiy korxonaga o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib olganligi holatini tekshirish maqsadida borgan vaqtda 1991 yilda tug‘ilgan N.R. MIB xodimlarining faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, ularni haqorat qilib, tayoq bilan B.U.ni tanasining turli qismlariga urib, shuningdek F.X. ning qo‘lidan dalolatnomani tortib olib, ularni yirtib, yoqib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan N.R.ga nisbatan Jinoyat kedeksining 140-moddasi 3-qismi “a” bandi, 219-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi