Mitinglar o‘tkazish bo‘yicha yangi qonun qabul qilinadi

Olam

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 9 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasida navbatdan tashqari Prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Shu kuni mamlakat poytaxti Nur-Sulton, shuningdek, Olma-ota va Chimkent shaharlarida aholi tomonidan norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Ular Prezident saylovi natijalari avvaldan belgilab qo‘yilgani va saylov demokratiyaga zid tarzda o‘tkazilayotganini iddao qilib chiqdi. 

Shundan kelib chiqib, Qozog‘istonda mitinglar va namoyishlar o‘tkazish bo‘yicha yangi qonun ishlab chiqilishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Ewronews’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Bunday narsalar tabiiy ravishda to‘xtatiladi. Holbuki, Bosh prokuratura bir necha bor ko‘chalarda bu kabi to‘planishlar noqonuniy ekanini aytib, ogohlantirdi. Vaholanki, ruxsat berilmagan mitinglar, tartibsizliklar - shu xildagi aksiyalarda qatnashishni istamaydigan insonlarga xalaqit beradi. Qonun ishlab chiqiladi. Namoyishga chiqmoqchi, o‘z qarashlarini bildirmoqchi bo‘lganlar tegishli organlarga murojaat qiladi. Ularga to‘planish va o‘z fikrlarini aytish uchun maxsus joy beriladi”

Qozog‘iston noroziliklar saylov natijalari e’lon qilingach ham davom etdi

Qozog‘iston IIVning ma’lum qilishicha, 9 iyun kuni Nur-Sulton va Olma-otada 500 nafarga yaqin namoyishchilar hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart Toqaev

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing