“Mister no”. Bu iborani Qo‘chqorovga nisbatan qo‘llash mumkinmi?

Jamiyat

image

Xalqaro maydonlarda Moliya vazirlarini “Mister no”– janob yo‘q deb atashadi. Boisi ular pul so‘rab murojaat qilgan tashkilotlarga odatan yo‘q degan so‘zni qo‘llaydilar. Xo‘sh, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga nisbatan ham shu iborani qo‘llash mumkinmi? Ushbu savol bilan bugun o‘tayotgan “Xalqaro press klub” yig‘ilishida Qo‘chqorovga yuzlanildi.

 “Bilasizmi, birinchi masala – g‘oya. Pul – ikkinchi masala. Hamma mamlakatda g‘oya yo‘q. Biz ham g‘oya yetarli emas. Misol uchun, Oliy ta’lim vazirligi bersin g‘oyalarini. Qanday qilamiz? Yoki Xalq ta’limi vazirligi bersin g‘oyalarini. Oldin g‘oya bersa, pul topiladi. G‘oya kerak. Gap g‘oya haqida ketyapti. Men balki Moliya vaziriga o‘xshagan javob bermagandirman. Lekin birinchi masala g‘oyalarning tanqisligi. Pul – ikkinchi tanqis narsa. Albatta, pul hech qachon yetmagan, yetmaydi ham”, deydi vazir. 

Siz “Mister no”misiz, degan savolga “Men o‘zimni bir narsa deyishim qiyin. Buni odamlar o‘zlari biladi nima deyishini. Bizga kamroq kelishsa, biz shuncha xursandmiz”, deya javob qaytardi Qo‘chqorov.


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov

Baholaganlar

294

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing