Misrga bormoqchi bo‘layotganlar diqqatiga!
Olam
−
17 iyun 2022
15719Misr hukumati COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida kiritgan barcha cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Shunday qilib, mamlakat ham chet el fuqarolari, ham mahalliy aholi uchun koronavirusga qarshi choralarni bekor qildi.
Misrga bormoqchi bo‘lgan sayohatchilar endi emlash sertifikati yoki salbiy PZR-testini taqdim etishlari shart emas.
Eslatib o‘tamiz, 10 iyundan boshlab O‘zbekistonga kirib keluvchi ham xorijlik, ham mahalliy fuqarolar uchun koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar bekor qilingan edi. Endi sayyohlardan manfiy natijali PZR-testi hamda kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat talab etilmaydi.
Bundan avval, Qozog‘iston, Turkiya va yana boshqa bir qator davlatlar koronavirus cheklovlarini bekor qilgan edi.
LiveBarchasi