Misrdan 170 ga yaqin o‘zbekistonlik qaytarildi
Jamiyat
−
11 avgust 2020
5582Joriy yilning 10 avgust kuni Misrdan navbatdagi charter reys tashkil qilindi. Bu pandemiya boshlangandan buyon to‘rtinchi bor amalga oshirilayotgan maxsus parvozdir. Bu galgi reys bilan 164 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga olib kelindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
O‘zbekistonning Misrdagi diplomatik vakolatxonasi xabar berishicha, yo‘lovchilarning asosiy qismi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan talaba va o‘quvchilar hamda ularning yaqin qarindoshlaridan iborat.
Olib kelingan fuqarolar respublika mutasaddi tashkilotlari xodimlari tomonidan belgilangan tartibotga ko‘ra, 10 kunlik karantinga joylashtirildi. Tibbiy xizmatga muhtojlarga tegishli yordam ko‘rsatildi.
Ma’lumot o‘rnida, 11 avgustga qadar Misrda koronavirusga chalinganlar 95 ming 666 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 53 ming 779 nafari kasallikdan sog‘aygan, 5 ming 35 inson esa vafot etgan.
LiveBarchasi