Misrdagi ommaviy YTHda 18 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 26 mart kuni Misrning Qohira shahrida joylashgan Xeluan tumanida ommaviy yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi. Oqibatda 18 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi esa turli darajada yaralandi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish mollari ortilgan yuk mashinasi katta tezlikda harakatlangan va boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng, 15 ta mashinani bosib o‘tgan va politsiya blokpostida to‘xtatilgan.

Halok bo‘lganlarning aksariyatini yo‘lda turgan mikroavtobus yo‘lovchilari tashkil etmoqda. Yuk mashinasi haydovchisi tirik qolgan va u politsiya tomonidan ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Misr

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing