Misrda qadimiy tunnel topildi
Olam
−
07 noyabr 2022
16089Misr shimolida joylashgan Iskandariya sohilidagi shaharda 13 metr chuqurlikdan tosh tunnel, ikkita alebastr bosh va bir nechta loydan yasalgan idishlar topildi. Bu haqda Misr turizm va qadimiy ashyolar vazirligiga tayanib “Sinxua” agentligi ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Misr-Dominikan arxeologik guruhi arxeologik topilmani topgan. Ushbu tunnel miloddan avvalgi 280-270 yillarda fir’avn Ptolemey II Filadelf tomonidan asos solingan Taposiris Magna shahridagi tunnel ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, tunnelning uzunligi 1305 metr va balandligi 2 metrni tashkil etadi.
“Arxeologlar ibodatxona yonidan ikkita alebastr kallasini topdilar: miloddan avvalgi 305-30 yillarga oid Ptolemey odamining boshi va sfinks boshi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, tunnel qazish va arxeologik tadqiqotlar davomida uning bir qismi O‘rta yer dengizida suv ostida qolgan.
Arxeologiya mutaxassisi Muhammad Mustafo zilzilalar va iqlim o‘zgarishi Iskandariyadagi qadimiy artefaktlarning cho‘kib ketishiga sabab bo‘lganini aytgan.
LiveBarchasi