Misr Rafah yaqinida devor qurishni boshladi – NYT
Olam
−
16 fevral 2024 3954 1 daqiqa
Misr hukumati G‘azo sektori bilan chegaradagi Rafah shahri yaqinida devor qurishni boshladi. Bu haqda sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar va ob’ektning fotosuratlarini tahlil qilgan “The New York Times” nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 5 fevralda buldozerlar Rafah chegara punkti janubidagi bufer zonasida katta maydonni tozalashni boshlagan.
Voqea joyida ishlayotgan pudratchi va muhandisning aytishicha, Misr armiyasi ularga bufer zonada 5 metr balandlikdagi beton devor qurishni buyurgan va shu bilan 5 kvadrat kilometr maydonni to‘sib qo‘ygan.
“Devor G‘azo sektoridan kelayotgan qochqinlar oqimini ushlab turish uchun qurilmoqdami yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas”, deb yozadi gazeta.
Eslatib o‘tamiz, 12 fevralga o‘tar kechasi Isroil qurolli kuchlari Rafahga yirik zarbalar bergandi. Portlashlar oqibatida 100 kishi halok bo‘lgan, 230 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr