Misr penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, 1/8 finalga chiqdi
Sport
−
04 iyul 5579 1 daqiqa
Bugun, 4 iyul kuni Misr milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Avstraliyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtlari 1:1 hisobida yakunlandi. Misr terma jamoasining yagona goliga 13-daqiqada Imom Ashur mualliflik qildi. Avstraliya esa 55-daqiqada Muhammad Hani o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘yganidan so‘ng hisobni tenglashtirdi. Penaltilar seriyasida esa misrliklar 4:2 hisobida ustun keldi.
Misr “G” guruhida ikkinchi, Avstraliya esa “D” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan holda pley-offga chiqqan edi. 1/8 finalda endi Misr Argentina hamda Kabo-Verde o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan bahs olib boradi. Ushbu o‘yin joriy yilning 7 iyul kuni Atlanta shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. Musobaqa joriy yilning 19 iyul kuni o‘z yakuniga yetadi.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr