“Mishaga ozodlik”. Saakashvilining tarafdorlari namoyishga chiqdi

Olam

image

Gruziyaning sobiq Prezidenti, hozir qamoqda saqlanayotgan Mixail Saakashvilining tarafdorlari mamlakat poytaxti Tbilisi markazida keng ko‘lamli miting o‘tkazdi. Ular Ozodlik maydoni va Shota Rustaveli prospektida yig‘ildi. Bu haqda “Lenta” yozmoqda.  

Qayd etilishicha, mitingda bir necha ming kishi qatnashgan. Namoyish sobiq Prezident asos solgan Birlashgan Milliy Harakat (BMH) muxolif partiyasi tomonidan uyushtirilgan va Batumidagi turar-joy binosi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlangan.

Ishtirokchilar qo‘lida “Mishaga ozodlik” va “Siyosiy ta’qiblarga yo‘l yo‘q” kabi chaqiriqlar yozilgan plakatlar, shuningdek Gruziya, Ukraina va Ozarbayjon bayroqlarini ko‘tarib olgan.

Tadbirda, sobiq Prezidentning qamoqdan yana bir maktubi o‘qib berildi, hozirda BMH rahbarlari nutq so‘zlamoqda. Aksiya tinch o‘tmoqda, voqea joyida esa politsiya navbatchilik qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Ukraina fuqarosi hisoblangan Mixail Saakashvili joriy yilning sentyabr oyi oxirida vatani – Gruziyaga qaytdi va oktyabr oyi boshida hibsga olindi. Unga nisbatan o‘z vatanida bir necha moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va qidiruvga berilgani sabab qo‘lga olingan.

O‘z navbatida, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat fuqarosi o‘zga yurtda hibsga olingani haqidagi xabardan xavotirda ekanini ma’lum qilgan

Ma’lumot o‘rnida, Mixail Saakashvili 2004-2013 yillarda Gruziya Prezidenti bo‘lgan. Prezidentlik muddati tugashiga oz vaqt qolganida u mamlakatni tark etgan. Shundan so‘ng, unga nisbatan to‘rtta jinoiy ish ochilgan, ulardan ikkitasi bo‘yicha 2018 yilda hukm chiqarilgan:

  • Tbilisi shahar sudi Saakashvilini 2006 yilda Gruziya Birlashgan banki xodimi Sandro Girgvlianining o‘ldirilishida sirtdan uch yilga ozodlikdan mahrum qilgan;
  • o‘sha yilning iyun oyida sud 2005 yilda deputat Valeriy Gelashvilining kaltaklanishi ishi bo‘yicha sobiq Prezidentni olti yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing