Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida ichimlik suvi uzilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim ko‘chalarda ichimlik suvi vaqtincha bo‘lmaydi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda. 

“Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli va Ohangoron ko‘chalari kesishmasidagi D-1400 mm ichimlik suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani munosabati bilan joriy yilning 6 noyabr kuni soat 23:00 dan 8 noyabr kuni soat 06:00ga qadar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim ko‘chalarda vaqtincha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi”, deyiladi hokimlik tarqatgan xabarda. 

Qayd etilishicha, “Suvsoz” DUK tomonidan ushbu manzillarga ichimlik suvini yetkazib berish choralari amalga oshiriladi.

Quyida tarmoqdan uziladigan manzillar ro‘yxati keltirilgan:

  • Parkent ko‘chasida;
  • Parkent 3-berk ko‘chasida;
  • Parkent 4-berk ko‘chasida;
  • Issiq suv ko‘chasida;
  • Qarnoq ko‘chasida;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani DSENM binosida;
  • Semurg‘ zavodida;
  • Korzinka (TAPOiCh) supermarketida;
  • 58-xarbiy qismda;
  • Aviasozlar mavzesidagi 4 qavatli 1,2,3,4 uylarda;
  • Katta Yangiobod, Yangi davr xamda Donishmand mahallalarida joylashgan uylarda;
  • Go‘zal, Sokin ko‘chalarida;
  • Tuzel-1,2,3,4 mavzesidagi uy.
     

Maqola muallifi

Teglar

Ichimlik suvi Mirzo Ulug'bek tumani

Baholaganlar

11

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing