Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
25 Sentabr
7503Bahodir Rixsialiyevich G‘oyibnazarov Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Bahodir G‘oyibnazarov 2021 yildan buyon Toshkent shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, u Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlarida hokim bo‘lgan, lekin har ikkala tumanda ham Prezident tanqididan so‘ng ishdan ketgan.
Ma’lumot uchun, Bahodir G‘oyibnazarov 1970 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1997 yilda Toshkent davlat agrar universitetini iqtisodchi-tashkilotchi, 2005 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunos mutaxassisliklari bilan tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shayxontohur va Muzrabot tumanlariga yangi rahbarlar tayinlangandi.