Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyning tomiga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
09:13 991 1 daqiqa
Kecha, 16 avgust kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 22:02 da Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Asaka ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari yong‘in joyiga yetib borgan va yong‘in soat 22:43 da qurshab olinib, 23:33 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Live
Barchasi