Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi birinchi kunida nimalar rejalashtirilgan?
Jamiyat
−
06 iyun
4930O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifining birinchi kunidagi asosiy tadbirlar kunning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Turkiya Prezidentining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentining Anqaraga tashrifi munosabati bilan bugun, 6 iyunga rejalashtirilgan asosiy tadbirlar Turkiya Prezidenti qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng ikki davlat rahbarlarining ikki tomonlama muzokaralari bo‘ladi.
Keyin Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi rejalashtirilgan.
Shundan so‘ng, shartnoma imzolash marosimi va Shavkat Mirziyoyev bilan qo‘shma matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Shuningdek, 19:00 da Prezident qarorgohida rasmiy kechki ovqat rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida kecha, 5 iyun kuni Turkiyaga rasmiy tashrif bilan yetib borgandi. Bugun, 6 iyun kuni u “Turkish Aerospace Industries Inc.” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.
LiveBarchasi