Mirziyoyevning RFga tashrifi davomida 30 ga yaqin kelishuvni imzolash kutilyapti

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 2 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashadi.

Yaqinda bo‘lib o‘tadigan Rossiya va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, fikr almashilishi kutilmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Moskvaga davlat tashrifini tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi. Bugungi kunda yuqori darajadagi 30 ga yaqin ikki tomonlama hujjatlar mavjud. Bu yil Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari darajasida bo‘lib o‘tadigan Qo‘shma komissiyaning ikkinchi yig‘ilishi sammitning muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga yordam beradi”, deyiladi RF TIV xabarida.

Rossiya yaqinlashib kelayotgan tadbirlar ikki mamlakat siyosiy hayotidagi muhim voqealarga aylanishiga, ko‘p formatli ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga, o‘zaro do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonadi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin so‘nggi bor 2020 yil 23 iyunda Moskvada uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

528

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing