Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida ishtirok etish maqsadida Moskva shahriga qilgan amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, "Vnukovo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vaziri Anton Alixanov hamda boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ygan.

“Bugun O‘zbekiston Prezidenti MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etib, Hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari ekspertlari va tahlilchilarining uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish hamda navbatdagi konferensiyani Samarqand shahrida sun’iy intellektni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazishni taklif etgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Moskva Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing