Mirziyoyevni kimlar Yangi yil bilan tabrikladi?

Jamiyat

image

Yangi yil bayrami munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat va din arboblaridan samimiy tabrik va tilaklar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xalqaro hamkorlar o‘z qutlovida Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi O‘zbekistonda siyosiy yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, davlatning jahon miqyosidagi nufuzi va mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladigan faol, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosat olib borilayotganini qayd etmoqda.

Xorijiy yetakchilar O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

  • Rossiya Prezidenti Vladimir Putin;
  • Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;
  • Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev;
  • Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov;
  • Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon;
  • Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
  • Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
  • Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev;
  • Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko;
  • Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan;
  • Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev;
  • Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba;
  • Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer;
  • Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
  • Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;
  • Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun;
  • Iordaniya Podshohi Abdulla II;
  • Falastin Prezidenti Mahmud Abbos;
  • Latviya Prezidenti Edgars Rinkevichs;
  • UNESCO Bosh direktori Odri Azulay;
  • XAEA bosh direktori Rafael Grossi;
  • Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min;
  • Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev;
  • Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
  • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad Xon;
  • Jahon banki prezidenti Ajay Banga;
  • Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun;
  • Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro fondi prezidenti Alvaro Lario.

Eslatib o‘tamiz, Yangi yil arafasida Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov, Sadir Japarov hamda Nursulton Nazarboyevni tabriklagan va Vladimir Putindan tabriknoma olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev tabrik Yangi yil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing