Mirziyoyeva Mishustin bilan mehnat migratsiyasi masalasini muhokama qildi
Jamiyat
−
10 Sentabr
19262O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning bir qancha muhim yo‘nalishlari, jumladan, iqtisodiyot, madaniyat va ta’lim sohalaridagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, mehnat migratsiyasi sohasiga alohida e’tibor qaratilgan.
“Shuningdek, o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga qaratilgan yaqin muloqotni bundan buyon ham rivojlantirishga kelishib oldik”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 sentyabr kuni Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning beshinchi yig‘ilishida Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki davlat fuqarolik uchuvchisiz samolyotlar tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini o‘rganayotganini aytgandi. Bugun, 10 sentyabrda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
LiveBarchasi