Saida Mirziyoyeva To‘qayev qabulida bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev qabulida bo‘ldi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

“Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ittifoqchi va strategik xarakterini qayd etib, yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni samarali kengaytirish uchun Prezident ma’muriyatlari o‘rtasida yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, axborot, mafkuraviy, madaniy-gumanitar va ma’rifiy sohalarda, shuningdek, yoshlar siyosati sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Prezident To‘qayev Ostona shahrida “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari o‘tkazilishini mamnuniyat bilan qayd etib, bunday tadbirlar xalqlarning madaniy yaqinlashuvida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston Saida Mirziyoeva Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made