Mirziyoyeva AQSH davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashdi
Jamiyat
−
25 mart 2023
5655O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha AQSH davlat kotibi yordamchisi Donald Lu bilan uchrashdi. Bu haqda u Telegram'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida ta’lim sohasida to‘plangan ko‘p yillik o‘zaro sa’y-harakatlar, shu sohada O‘zbekistonda hozirgi vaqtda kechayotgan islohotlar va kelgusi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
“Men, Prezident Administratsiyasining Ta’lim strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi xodimi sifatida o‘zim uchun bolalar va yoshlarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish ustuvor ahamiyatga ega ekanligini qayd etdim”, deydi Mirziyoyeva.
Shuningdek, muloqot davomida madaniy merosni asrash, OAV va so‘z erkinligini rivojlantirish kabi muhim masalalarga ahamiyat qaratilib, holatni yaxshilash uchun mamlakatlar birgalikda ishtirok etishi mumkinligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Oq uyda AQSH rahbari administratsiyasining gender siyosati bo‘yicha Kengashi direktori Jennifer Klyayn va Jo Baydenning yordamchisi bilan uchrashgandi.
LiveBarchasi