Mirziyoyev BAA vaziriga cun’iy intellekt bo‘yicha taklif berdi

Olam

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 yanvar kuni Abu-Dabi shahriga tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Sun’iy intellekt vaziri Umar bin Sulton al-Olama bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Presight kompaniyasi rahbari Tomas Pramotedam, AIQ kompaniyasi rahbari Magjan Kenesbay va Khazna kompaniyasi rahbari Hasan al-Naqbi, Muhammad bin Zoid nomidagi Sun’iy intellekt universiteti prezidenti Erik Sing ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Amirlik kompaniyalari bilan ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish va ularni turli sohalarga muvaffaqiyatli joriy etishga qaratilgan strategik sheriklikni kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Generativ sun’iy intellektni ishlab chiqish, shu jumladan energetika sohasida “katta til modellari”ni qo‘llash, Toshkentda yirik ma’lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Muhammad bin Zoid nomidagi Sun’iy intellekt universiteti bilan almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Prezident talabalarni o‘qitish dasturini ishga tushirib, bu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishni taklif etdi.

Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini birgalikda ishga tushirish, texnologik klasterlar tashkil etish va kontaktsiz to‘lov operatsiyalari uchun innovatsion yechimlarni joriy etish rejalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida o‘tayotgan “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida nutq so‘zlagandi. Davlat rahbari unda Markaziy Osiyoni “toza energiya” markazlaridan biriga aylantirish niyatidaligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev BAA Abu-Dabi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing