Mirziyoyev Japarov va Rahmon bilan ilk bor 3 tomonlama sammit o‘tkazadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon joriy yilning 31 mart kuni tarixda ilk bor uch tomonlama sammit o‘tkazadi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Edil Baysalov Jenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 58-sessiyasining yuqori darajadagi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, sammit 31 mart kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tadi.

“Bu mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi”, deyiladi Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 8 yanvar kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev  va Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzodaning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv uch davlat chegaralari – Qirg‘izistonning Botken, O‘zbekistonning Farg‘ona va Tojikistonning So‘g‘d viloyati tutashgan hududda bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Tojikiston O'zbekiston Qirg'iziston Imomali Rahmon Sadir Japarov Xo'jand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing