Mirziyoyev Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida ishtirok etish uchun Toshkentda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, bugun, 8 noyabr kuni tashkil etilgan uchrashuvda ikki davlat rahbari O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqqan.

O‘zaro savdo hajmi jadal sur’atda o‘sayotgani, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotgani hamda tadbirlarga boy madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi ro‘yobga chiqarilayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligini ta’kidlagan. Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik infratuzilma loyihalarini tez fursatda boshlash masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qilgan edi. Mirziyoyev  bundan tashqari, Bosh vazir Anvar ul-Haq Kakar boshchiligidagi Pokiston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan ham muzokara o‘tkazgandi

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing