Mirziyoyev Japarov bilan telefonda nimalarni gaplashdi?

Jamiyat

image

Bugun, 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Japarov Mirziyoyevni Konstitutsiya bo‘yicha referendumning muvaffaqiyatli natijalari va ushbu tadbir yuksak xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etilgani bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yirik loyihalarni ilgari surishda amaliy natijalarga erishilayotganiga to‘xtalib o‘tildi.

Qardosh xalqlarni yaqinlashtirishda O‘sh shahrida Bobur nomidagi akademik teatrning yangilangan binosi ochilgani va Qo‘qon shahrida talabalar spartakiadasi o‘tkazilgani muhim ahamiyatga ega.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat oqsoqollari va yoshlari ishtirokidagi Avlodlar muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdilar.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari, shu jumladan, joriy yilning iyun oyida Qirg‘izistonda o‘tkaziladigan ko‘p tomonlama sammitga tayyorgarlik yuzasidan ham fikr almashildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev referendum Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made