Mirziyoyev Japarov bilan chegara masalasida kelishib oldi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31 avgust kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari mustaqillik bayramlari munosabati bilan bir-birini dildan qutlab, birodar xalqlarga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagan.

“O‘zbekiston-Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yil boshidan o‘zaro savdo hajmi 30 foizga oshdi. Faol hududlararo almashinuvlar davom etmoqda, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda, transport aloqalari kengaymoqda. Muhim madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Suhbat chog‘ida Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini joriy yil sentyabr oyida o‘tkazishga kelishib olingan.

Transport va energetika sohalarida mintaqaviy ahamiyatga molik ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni, shu jumladan “Qambarota-1” GESini qurish loyihasini ilgari ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan.

Davlat rahbarlari, shuningdek, Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash hamda SHHTning bo‘lajak Samarqand sammiti kun tartibini muhokama qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Qirg'iziston Sadir Japarov

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing