Mirziyoyev Janubiy Koreya Prezidenti bilan uchrashib, uni O‘zbekistonga taklif qildi

Jamiyat

image

Kecha, 19 sentyabr kuni Nyu-York shahrida o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janubiy koreyalik mavqedoshi Yun Sok Yol bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Janubiy Koreya bilan keng ko‘lamli hamkorlikning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish masalalariga to‘xtalgan.

“Keyingi yillarda o‘zaro savdo va investitsiya ko‘rsatkichlari barqaror oshib bormoqda. O‘tgan yilda tovar ayirboshlash 24 foizga ko‘paydi. Mamlakatimizda qariyb mingta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda, Koreyadan investitsiyalar hajmi 7 milliard dollardan oshdi”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya Eksimbanki va uning fondlari bilan ko‘p yillar davomida hamkorlik qilinayotgani, ular bilan birgalikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3 milliard dollardan ziyodni tashkil etgani yuqori baholangan.

“Uchrashuvda Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan texnologik va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni jadallashtirish, infatuzilma, “yashil” energetika, raqamlashtirish, kadrlar tayyorlash va boshqa yo‘nalishlardagi  qo‘shma loyihalarni ilgari surish amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi”, deyilgan xabarda.

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Koreya Prezidenti Yun Sok Yolni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Janubiy Koreya Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing