Mirziyoyev Jahon chempioni bo‘lgan To‘raboyevni tabrikladi

Jamiyat

image

Dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatining bugungi bahslari ham O‘zbekiston uchun omadli yakunlanib, -100 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi Muzaffar To‘raboyev Jahon chempioni bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Ushbu yangilik mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar mavzusida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyevga ham yetkazildi. Davlat rahbari To‘raboyevni g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

“Videoselektor yig‘ilishi davomida Prezidentimizga Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati finalida hamyurtimiz Muzaffarbek To‘raboyev o‘z raqibini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘lgani haqida xabar berildi. Davlatimiz rahbari ushbu yangilikni katta mamnuniyat bilan qarshi olib, sportchimiz va butun xalqimizni g‘alaba bilan tabrikladi”, deydi Asadov.

Eslatib o‘tamiz, finalda To‘raboyev kanadalik Kayl Reyesga qarshi tatamiga chiqib, Golden Score'da g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, dzyudo bo‘yicha 35-jahon chempionatida mezbonlar hozircha ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Musobaqa bahslari 13 oktyabrga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Muzaffar To'raboev

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing